23-iyun kuni uchun masala
1×1 va 7×7 kvadratlar berilgan . Ularni eng kamida nechta bo’lakka bo’lganda , bu bo’laklardan ikkita 5×5 kvadrat yasash mumkin?
1×1 va 7×7 kvadratlar berilgan . Ularni eng kamida nechta bo’lakka bo’lganda , bu bo’laklardan ikkita 5×5 kvadrat yasash mumkin?
ctgx ham ctg2004x ham butun son bo’ladigan haqiqiy x sonlar mavjudmi?
Uchta natural son ko’paytmasi yozuvida har bir sonni 3 ga kamaytirildi. Natijada ko’paytma 2016 ga ortgan bo’lishi mumkinmi?
A, B va C nuqtalar bir to’g’ri chiziqda yotadi. Agar A(5;y;0), B(9;-2;4), C(7;-3;z) bo’lsa, AC kesma uzunligini toping.
Muntazam uchburchakli piramida asosining tomoni a va shu tomonga tushirilgan balandligi h bo’lsa, piramidaga ichki va tashqi chizilgan sharlarning radiuslarini toping.
Katakli qog’ozda perimetri 2014 ga teng va tomonlari kataklarning chiziqlari bo’yicha yo’nalgan to’g’ri to’rtburchak chizildi. Uning yuzi eng ko’pi bilan qancha bo’lishi mumkin?
Alisher ketma-ket tarzda 122, 122122, 122122122 , …..sonlarni yozmoqda. Nechanchi qadamda 2013 ga qoldiqsiz bo’linadigan sonni yozadi?
1 dan 2013 gacha bo’lgan sonlardan 5 ga bo’linadiganlaridan nechtasining raqamlari yig’indisi 5 ga teng?
2016 dan oshmaydigan sonlardan eng ko’pi bilan nechtasini tanlasak, ularning ixtiyoriy ikkitasining ko’paytmasi aniq kvadrat bo’ladi?
Yuzi 1 ga teng bo’lgan ABCD parallelogrammning BC tomonida M nuqta shunday olinganki, BM:MC=2:3 hamda DM kesma AC diagonalni K nuqtada kesib o’tadi. AMK uchburchak yuzini toping.