27.06 -3.07. 2016 yil

1)  )  AQSH da sanani quyidagicha yozish qabul qilingan: oy nomeri, keyin kun nomeri va yil. Yevropada esa avval kun nomeri, keyin oy va yil yoziladi. Bir yilda nectha  sanani  qaysi qit’ada yozilganini bilmasdan turib aniq aytishning iloji yo’q.

2)  40 tanga tashqi tomondan aynan bir xil bo’lib, ulardan ikkitasi qalbaki. Qalbaki tangalar  haqiqiylardan ko’ra yengilroq lekin ikkalasi bir xil og’irlikda. Qanday qilib pallali tarozida toshlarsiz  ikki marta tortish bilan 20 ta haqiqiy tanga ajratib olish mumkin?

3) n ning qanday  enk kichik natural qiymatida (n+10)!  sonning oxiridagi nollar soni , n! ning oxiridagi nollar sonidan 1998 taga ko’p?

4) ABC o’tkir burchakli uchburchak berilgan. Markazi BC tomonda bo’lgan aylana B va C uchlardan o’tadi va AB va AC tomonlarni mos ravishda D va E nuqtalarda kesib o’tadi. Agar AD=AE  ekani ma’lum bo’lsa, ABC uchburchak teng yonli ekanini isbotlang.

5)   Stolda temir materialdan yasalgan ABC uchburchak yotibdi. Bu uchburchakni  stol mustida ixtiyoriy tomoni atrofida burib aylantirish mumkin. Agar bir necha marta shu ish takrorlangandan keyin, uchburchak o’z joyiga qaytgan bo’lsa, u holda uning barcha uchlari ham joyiga qaytganini isbotlang.

6) ax2+bx+c  kvadrat uchhad ildizlarga ega. U holda a3x2+b3x+c3   uchhad ham ildizlarga ega ekanini isbotlang.

7) ABC uchburchak A va B burchaklari bissektrisalari  uchburchakka tashqi chizilgan aylanani mos ravishda  K va L nuqtalarda kesib o’tadi. AK va BL kesmalar X nuqtada kesishadi va kesishish nuqtasida uchburchak uchidan boshlab hisoblaganda bir xil nisbatda bo’linadi. ABC uchburchak teng yonli ekanini isbotlang.

8) Raqamlari yig’indisi  1998 ga teng,  shuningdek  1998 ga bo’linadigan hech bo’lmasa bitta son yozing. Javobingizni asoslang.

9) Mamlakatdagi N ta shahar o’zaro aviareyslar   bilan bog’langan va reyslar faqat  bir yo’nalishda bajariladi. Quyidagi shartlar bajarilishi ma’lum:  bir shahardan uchib ketib shu shaharga xuddi shu   reyslar bilan qaytib kelib bo’lmaydi. Shu aviareyslar sistemasini shunday to’ldirish mumkinki, har bir shahar qolgan shaharlarning har biri bilan  reyslar bilan bog’langan hamda  yangi aviareyslar sistemasi masala shartini qanoatlantiradi.

10) fva  f2  kvadrat uchhadlar ildizlarga ega ekani ma’lum,  f1-f2      ko’phad esa ildizlarga ega emas. U holda f1+f2 ko’phad ildizga ega ekanini isbotlang.

 

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *