5-sinf o’quvchilarining Bilimlar bellashuviga tayyorgarlik ko’rishlari uchun maxsus masalalar(1-qism)

1)  Poyezd 105 km/soat tezlik bilan harakatlanib , 630 km yo’l bosdi. Shu vaqt ichida samolyot 3150 km masofani uchib o’tdi. Poyezdning tezligi samolyotning tezligidan necha marta katta?

2) Amallarni bajaring:   42036:(77+452-436)

3) Amallarni bajaring:   317376-13376:(2002-1958)

4) Agar x=14   bo’lsa, 350:x+17  ifodaning qiymatini toping.

5) Agar a=15901  bo’lsa,  (1073+a):82  ifodaning qiymatini toping.

6) Ayiring:   2303765284 – 1980596307

7) Sariq sumkada 18 ta daftar bor, ko’k sumkada esa sariq sumkadagidan 13 ta ko’p daftar bor. Sariq va ko’k sumkalarda nechta daftar bo’lsa, qizil sumkada shuncha daftar bor. Hamma sumkalarda jami nechta daftar bor?

8) Layloda   nechta uch tiyinlik bo’lsa, shuncha ikki tiyinlik chaqa bor. Hamma chaqa 40 tiyinni tashkil qiladi. Layloda nechta ikki tiyinlik chaqa bor?

9) Ifodaning qiymatini toping:    505321602 – (68717008 + 134088715)

10)  Kinoteatrda ikkita zal bor. Katta zalda har birida 32 tadan o’rin bo’lgan 26 ta qator , kichik zalda esa har birida 19 tadan o’rin bo’lgan 22 ta qator bor. Kinoteatrda jami nechta o’rin bor?

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *