5-sinf o’quvchilarining Bilimlar bellashuviga tayyorgarlik ko’rishlari uchun maxsus masalalar(2-qism)

11) Jamoa 30 kunda reja bo’yicha 90000 kg sut topshirishi kerak edi. Ammo jamoa  har kuni kunlik rejani 600 kg orttirib bajardi. Reja necha kunda bajarildi?

12) Agar y=71 bo’lsa, 86y-66y ifodaning qiymatini toping.

13) Tenglamani yeching: 30y-2y=532

14) Massasi 450 gramm bo’lgan  jez bo’lagi 2 qism rux va 3 qism misdan iborat. Bu jez bo’lagida necha gramm mis bor?

15) Ifodaning qiymatini toping:  425∙206-57816:72

16) Ikkita poyezd bir-birga qarab yo’lga chiqdi. Birinchi poyezdning tezligi 67 km/soat, ikkinchi poyezdning tezligi 75 km/soat. Agar ikki poyezd orasidagi masofa 420 km bo’lsa, poyezdlar necha soatdan keyin uchrashishadi?

17) Birinchi brigadada ikkinchi brigadaga qarganda 3 marta ko’p ishchi bor. Ikkinchi brigadaga 10 kishi qabul qilingandan keyin ikkala brigadada 70 ta ishchi bo’ldi. Ikkichi brigadada nechta ishchi bor?

18) Ona 4 kg olma sotib oldi. U olmaga pul to’lab 40 tiyin qaytim oldi. Agar ona 6 kg olma sotib olganda edi, u yana 40 tiyin to’lashi kerak bo’lar edi. 1 kg olma necha tiyin turadi?

19) To’g’ri chiziqda 10 ta nuqta belgilangan bo’lib , istalgan ikkita qo’shni nuqtalar orasidagi masofa 90 sm bo’lsa, qo’shni nuqtalar orasidagi masofani toping.

20)  Ifodaning qiymatini toping:    547800721+(800738948-699847159)

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *