Fraktallar

Fraktallar

Daraxt tanasidan shoxlar  ajralib o’sadi, agar biror shoxni alohida  qarasak undan ham shoxlar ajralib o’sadi, undagi kichikroq shoxchadan ham yana kichikroq shoxchalar ajralib o’sadi. Daraxt tanasidagi hodisalar daraxt shoxlarida ham takrorlanadi.

Fraktal –matematik yoki fizik obyekt bo’lib, uning asosiy xossalaridan biri o’ziga o’xshashlikdir,  ya’ni fraktalning qismi fraktal haqidagi barcha axborotni o’zida jam qilgan bo’ladi.  Fraktal o’ziga cheksiz o’xshash bo’lgan shakldir.

Matematikada fraktal shunday geometrik shaklki , unda ayni bir motiv shaklning bitta yoki birgalikda qaralgan bir nechta bo’laklarida takrorlanadi.

Fraktal so’zi lotinchcha fractus-bo’laklangan, sindirilgan degan ma’noni anglatadi. Fraktallar haqida ilk fikrlar  XIX asrda paydo bo’lgan. “Fraktal” terminini 1975 yilda Benuz Mendelbrot kiritgan.Kompyuter texnologiyalari rivoji  fraktallarga bo’lgan qiziqishni orttirdi.

Fraktallarni o’rganishda davom etamiz…

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *