Xalqaro olimpiadaga tanlovning so’nggi bosqichi bo’lib o’tdi.

Bugun (3-iyun, 2016 yil) Toshkent shahridagi Abdulla  Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markaziy institutida   Tailand Qirolligida bo’lib o’tadigan matematika musobaqasida O’zbekiston Respublikasi terma jamoasini shakllantirish uchun 2-saralash(yakuniy) bosqichi bo’lib o’tdi. 4 nafar o’quvchidan iborat terma jamoaga  Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridan 2 nafardan o’quvchi kirdilar.  Shular safida   Kitob 1-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internatining 7-sinf o’quvchisi Neymatov Eldorjon ham bor.   Musobaqa juda yuqori saviyada tashkil etildi.  Qatnashchilarning  bilim darajasi ham  avvalgi yillardagidan ancha yuqori ekani sezildi.  Terma jamoaga qabul qilingan o’quvchilar haqida to’liqroq  ma’lumot yig’ishga harakat qilyapman. Hozircha shu…

Один комментарий для “Xalqaro olimpiadaga tanlovning so’nggi bosqichi bo’lib o’tdi.”

  1. Sinfdoshim Eldor saralash bosqichidan muvofaqqiyatli o’tganing bilan tabriklayman.Tailandda bo’lib o’tadigan musobaqada ham maktabimiz va sinfimiz sha’nini munosib himoya qilib birinchi o’rinni olib kel.
    7’a’ sinf nomidan SAMANDAR

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *